27/11/2025

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra viloyatimizda chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 5 087 tani tashkil etdi.
• shundan yirik korxonalar — 12 ta,
• kichik korxonalar va mikrofirmalar — 5 075 ta.

 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida Namangan viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 21,7 trln so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,1 % ga oshdi.

 Yirik korxonalar tovar aylanmasi: 2,0 trln so‘m
 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari: 19,7 trln so‘m

 Chakana savdoda eng yuqori ulushga ega hududlar:

🔹 Namangan shahri — 36,0 %

🔹 Pop tumani — 6,9 %

🔹 To‘raqo‘rg‘on tumani — 6,6 %

🔹 Chust tumani — 6,6 %

🔹 Chortoq tumani — 6,4 %

 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 6 mln 894,3 ming so‘mni tashkil etdi.