O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2026-yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1-dekabr kuni "Mahalla yettiligi” tarkibiga kiruvchi mas’ul xodimlar uchun onlayn o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida mahallalarda faoliyat yuritayotgan “yettilik” a’zolari turar joy obyektlarining GPS koordinatalarini maxsus axborot tizimi orqali planshetlarda to‘g‘ri kiritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamladi.
Uchrashuv Zoom platformasi orqali tashkil etildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.



