Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 126,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 491 dona avtobus va mikroavtobuslar import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 974 donaga yoki 2,9 barobarga oshgan.
2025-yilning 10 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p avtobus va mikroavtobus yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 1 354 dona
Rossiya – 87 dona
BAA – 22 dona
Germaniya – 8 dona
Boshqa davlatlar – 20 tonna




