03/12/2025

Joriy yilning 2-dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Zuxriddin Baxriddinov ishtirok etib, shtab faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud sharoitlar bilan tanishdi.

Yig‘ilishda ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik darajasi hamda idoralararo hamkorlik holati muhokama qilindi.

Shuningdek, Z. Baxriddinov ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlikda aniqlik, tezkorlik va mas’ullikni oshirish, barcha jarayonlarni belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida joylarda olib borilayotgan tashkiliy ishlarning samaradorligi, jarayonni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.