04/12/2025

Namangan viloyatining barcha hududlarida PF–173-son Farmon ijrosi doirasida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Unda statistika bo‘limlari xodimlari va mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etmoqda.

Mashg‘ulotlarda ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, tartibi, so‘rovnomalarni to‘ldirish hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Jarayonni aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan tavsiyalar ham taqdim etilmoqda.

O‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari ularning malakasini oshirish, ro‘yxatga olish jarayonini hududlarda sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.