Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari hajmi 10 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,6 trln so‘mga oshgan.
Sug‘urta xizmatlari hajmida eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, yuk va mulkni sug‘urtalash va boshqalar egallagan. Ularning ulushi 81,5 % ni tashkil etgan.
2025-yilning yanvar-oktabr oylarida qayta sug‘urtalash xizmatlari 14,2 % ni, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ulushi esa 4,3 % ni tashkil etgan.




