05/12/2025

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabr holatiga Namangan viloyatida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 798,0 ming tani tashkil etdi.

2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 10,8 ming taga ko‘paygan.

Yirik shoxli qoramollarning xo‘jaliklar bo‘yicha soni va 2024-yilning mod davriga nisbatan o‘sish sur’ati quyidagicha:

Fermer xo‘jaliklari – 48 272 bosh
o‘sish sur’ati — 103,2 %

Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari – 733 978 bosh
o‘sish sur’ati — 100,5 %

Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 15 739 bosh
o‘sish sur’ati — 159,7 %