2025-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Namangan viloyat bosh boshqarmasi binosida viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan bank tizimi xodimlari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.


Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlarning ro‘yxatdan o‘tish platformasidan to‘g‘ri foydalanish, ma’lumotlarni aniq va tartibli kiritish, ro‘yxatdan o‘tish bosqichlarini puxta o‘zlashtirishiga ko‘maklashishdir.


Seminar davomida mutaxassislar tomonidan tizimga kirish jarayoni, shaxsiy ma’lumotlarni rasmiylashtirish, elektron tasdiqlash bosqichlari hamda ma'lumotlarni kiritishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.




