11/12/2025

2025-yil 11-dekabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi bank tizimi xodimlari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar xodimlarning ro‘yxatdan o‘tish platformasidan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ma’lumotlarni kiritish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichlarini puxta egallashlariga yordam berish maqsadida tashkil etildi.

Seminar davomida mutaxassislar tizimga kirish tartibi, shaxsiy ma’lumotlarni rasmiylashtirish jarayoni, elektron tasdiqlash bosqichlari hamda ma’lumot kiritishda uchrashi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olish bo‘yicha batafsil amaliy tushuntirishlar berishdi.