16/12/2025

2025-yil 15-dekabr kuni Namangan viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir Milliy gvardiya tizimi xodimlarining ro‘yxatdan o‘tish platformasidan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ma’lumotlarni aniq va tartibli kiritish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish jarayonining barcha bosqichlarini puxta o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar davomida viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tizimga kirish tartibi, shaxsiy ma’lumotlarni rasmiylashtirish, elektron tasdiqlash bosqichlari hamda ma’lumotlarni kiritishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.