18/12/2025

Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabr holatiga Namangan viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 855 tani tashkil etdi.

Shundan:

yirik korxonalar – 11 ta
kichik korxona va mikrofirmalar – 2 884 ta

 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 17,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 13,4 % ga oshgan.

 Shu davr mobaynida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo tovar aylanmasi 13,5 trln so‘mni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga oshdi.

 Ulgurji savdo hajmi bo‘yicha eng yuqori o‘sish kuzatilgan hududlar:

 Chortoq tumani – 188,4 %

 Namangan tumani – 115,4 %

 Namangan shahri – 112,2 %

 Norin tumani – 107,5 %