O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 18-dekabr kuni Namangan viloyati Fermerlar kengashi, shahar va tuman bo‘limlari mutaxassislari hamda hisobchi xodimlar uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.


Mazkur seminarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish tartibi hamda mazkur tadbirning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga tizimga kirish tartibi, savolnomalarni to‘ldirish jarayoni hamda ma’lumotlarni kiritishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.





