17/12/2025

Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida vazirlik va idoralardan hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan joylarda o‘rganish hamda tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.

Shu doirada Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari O. Omonov Namangan viloyatining Yangi Namangan tumaniga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida ro‘yxatga olish ishlarini sifatli va samarali tashkil etish, yig‘ilayotgan maʼlumotlarning aniqligi hamda to‘liqligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, mahalla yettiliklari tomonidan GIS texnologiyalari asosida maʼlumotlarni yig‘ish, uy xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi obyektlarini to‘liq qamrab olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.