O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Yangi Namangan tumanida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning huquqiy asoslari, uni amalga oshirish bosqichlari, usullari shuningdek ro‘yxatga olish jarayonida aniq, to‘liq va ishonchli maʼlumotlarni yig‘ish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, har bir xonadon kesimida demografik hamda ijtimoiy-iqtisodiy holatni to‘g‘ri aks ettirish muhimligi taʼkidlandi.





