22/12/2025

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan Uztex Uchkurgan qo‘shma korxonasi xodimlariga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir Uztex Uchkurgan qo‘shma korxonasi xodimlarining ro‘yxatdan o‘tish platformasidan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ma’lumotlarni aniq va tartibli kiritish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish jarayonining barcha bosqichlarini puxta o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan tizimga kirish tartibi, shaxsiy ma’lumotlarni rasmiylashtirish, elektron tasdiqlash bosqichlari hamda ma’lumotlarni kiritishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.