24/12/2025

 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga Namangan viloyatida 1 398 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda umumiy qiymati 13,8 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,4 % ga o‘sdi, ya'ni qurilish sohasi barqaror rivojlanmoqda.

 So‘nggi yillarda qurilish hajmining o‘sishi: (yanvar-noyabr oylarida)

▫️2025-yil – 13,8 trln so‘m

▫️2024-yil – 11,6 trln so‘m

▫️2023-yil – 9,4 trln so‘m

▫️2022-yil – 5,9 trln so‘m

▫️2021-yil – 5,0 trln so‘m

 Ko‘rinib turibdiki, qurilish sohasi izchil rivojlanmoqda, ayniqsa uch ikki yilda o‘sish sezilarli bo‘ldi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi:

🔸 Yirik qurilish tashkilotlari – 7,8 %

🔸 Norasmiy sektor – 50,5 %

🔸 Kichik korxona va mikrofirmalar – 41,7 %