O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uchqo'rg'on tumanida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.


Mazkur seminar tuman hududidagi fermer xo‘jaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar vakillari uchun o‘tkazilib, unda ro‘yxatga olish tadbirining ahamiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida foydalaniladigan so‘rovnoma (6-shakl)ni to‘ldirish tartibi bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

O‘quv-amaliy seminarda tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, Fermerlar kengashi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbar va xodimlari faol ishtirok etdi.





