Joriy yilning 24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Laziz Mirsoatov Namangan viloyatiga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

Tashrif doirasida u Norin tumani hokimi Jo‘rabek Nurmatov bilan uchrashib, tumanda ro‘yxatga olish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va samarali tashkil etish masalalari yuzasidan muloqot olib bordi.

Shuningdek, Norin tumanidagi Yuqori Cho‘ja mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, mahalla yettiliklari tomonidan zamonaviy GIS texnologiyalari asosida maʼlumotlarni yig‘ish, uy xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi obyektlarini to‘liq qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil tahlil qilindi.




