2025-yil 19-dekabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi “Aholiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 796-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Qayd etilishicha, homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari endilikda fuqarolarning murojaatisiz, proaktiv shaklda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining “Ijtimoiy sug‘urta” moduli orqali tayinlanadi.

Shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar sug‘urtalangan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilgan tijorat banklari orqali, ijtimoiy yoki bank kartalari yordamida amalga oshirilishi ma’lum qilindi. “Yagona reyestr” axborot tizimi orqali sug‘urtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi jarayonlari bo‘yicha bepul SMS-xabarnomalar yuborilishi ham ta’kidlandi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida barcha ish beruvchilar, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlarga beriladigan barcha turdagi ta’til va fuqarolik-huquqiy shartnomalar “YAMMT” IDAKda ro‘yxatga olinishi, shuningdek, sug‘urtalangan shaxslarga yil davomida ikki ish kunidan oshmagan ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til olish huquqi berilishi belgilanganligi tushuntirildi.
O‘tkazilgan seminar savol-javoblarga boy va qiziqarli tarzda o‘tdi.




