26/12/2025

2025-yil 26-dekabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminar davomida 2026-yilning dekabr oyida Lex.uz axborot tizimiga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar haqida boshqarma xodimlariga batafsil ma’lumot berildi. Xususan, mazkur davrda O‘zbekiston Respublikasining 3 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21 ta Farmon va Qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27 ta qarorlari qabul qilingani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, seminar davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati hamda ijro mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar atroflicha muhokama qilinib, ularga batafsil javoblar berildi.

O‘quv seminari ochiq muloqot va savol-javoblarga boy, samarali tarzda o‘tdi.