Joriy yilning 30-dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirida boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev barcha xodimlarni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan samimiy muborakbod etib, o‘tib borayotgan yil statistika sohasida samarali mehnat, mas’uliyat va jamoaviy hamjihatlik bilan yodda qolganini alohida ta’kidladi.


Shuningdek, kelgusi 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar — aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda zamonaviy statistik xizmatlarni kengaytirish lozimligi ta'kidlandi.


Tadbir davomida statistika sohasini rivojlantirishdagi samarali mehnati, faoliyatida yuqori samaradorlikka erishganligi uchun bir guruh xodimlar faxriy yorliqlar hamda Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






