05/01/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Namangan viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 328,3 mln AQSH dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.

 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 22,4 % ko‘paygan.

 Eksport tarkibida:

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 37,1 %,

Tayyor trikotaj kiyimlari — 32,8 %,

Tayyor tikuvchilik mahsulotlari — 10,6 %,

Paxta, kigiz va noto‘qima materiallar, arqon buyumlari — 1,5 %,

Boshqa to‘qimachilik mahsulotlari — 18,0 % ulushni tashkil etdi.

 Ma'lumot o'rnida, umumiy eksport hajmida to‘qimachilik mahsulotlarining ulushi 52,2 foizini tashkil etgan.