Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar xodimlarning 15–31 yanvar kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tish platformasidan to‘g‘ri, samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, ma’lumotlarni aniq va tartibli kiritish, shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonining barcha bosqichlarini puxta o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv-amaliy seminarlar ro‘yxatga olish jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.





