12/01/2026

2026-yil 12-yanvar kuni Namangan viloyati hokimligi hamda viloyat statistika boshqarmasi hamkorligida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayoniga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

  Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi Sanjarbek Melixujayev mazkur jarayon 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar ikki bosqichda oʻtkazilishini maʼlum qildi. Birinchi bosqichda fuqarolar census.stat.uz portali orqali OneID yoki JSHSHIR yordamida mustaqil ravishda onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Ikkinchi bosqichda esa mahalla “yettiligi” aʼzolari hamda maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan roʻyxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib, maʼlumotlar toʻplanadi va aniqlashtiriladi.

Shuningdek, tadbirda roʻyxatga olishning maqsadi demografik va qishloq xoʻjaligi boʻyicha ishonchli maʼlumotlar bazasini shakllantirish ekani taʼkidlandi. Jarayonga tayyorgarlik ishlari va viloyat ishchi shtabi faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga masʼul rahbarlar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. Yakunda mutasaddilar OAV xodimlari, jurnalist va blogerlarni roʻyhatga olish jarayonini keng targʻib etishda faollikka chaqirib, mazkur tadbir mamlakat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.

Mazkur o‘tkazilgan matbuot anjumani, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga keng jamoatchilik e’tiborini qaratishga qaratilgan muhim tadbir sifatida baholandi.