13/01/2026

2026-yil 13-yanvar kuni Namangan viloyat soliq boshqarmasi binosida viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan soliq tizimi xodimlari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

 

Seminar davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, ushbu jarayondan olinadigan statistik ma’lumotlarning davlat rejalashtiruvi va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, mutaxassislar onlayn ro‘yxatga olish tizimiga kirish tartibi, shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, elektron tasdiqlash bosqichlari hamda ma’lumotlarni kiritishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish usullari haqida batafsil tushunchalar berishdi.