13/01/2026

2026- yil 13-yanvar kuni Davlatobod tumanida joylashgan viloyat madaniyat saroyida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Davlatobod tuman hokimi, Namangan viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda mahalla yettiliklari ishtirok etdi.

Tadbirda mas'ul xodimlar ishtirokchilar uchun taqdimot qilib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda jarayonlarining xalqaro amaliyotdagi o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, seminar davomida ro‘yxatga olish tadbirlarini tashkil etish, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonlari, raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi: 1 bosqich 15-31-yanvar — 17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.

2 bosqich 4-28-fevral — “Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.