Bugungi globallashuv va tezkor qarorlar davrida davlat siyosatining samaradorligi, avvalo, aniq va ishonchli ma’lumotlarga tayanish bilan belgilanadi. Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish — bu shunchaki statistik jarayon emas, balki mamlakat kelajagini rejalashtirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim siyosiy mexanizmdir. Har bir fuqaroning ushbu jarayondagi ishtiroki davlat va jamiyat o‘rtasidagi mas’uliyatli hamkorlikning yaqqol ifodasidir.
Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov ushbu muhim jarayonda barchani faol ishtirok etishga chaqirgan holda, o‘zi ham birinchilardan bo‘lib cencus.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tdi.

Mazkur ro‘yxatga olish mamlakatimizning siyosiy boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, aholi turmush darajasi va ijtimoiy holatini chuqur tahlil qilish, qishloq xo‘jaligi salohiyatini real baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu ma’lumotlar asosida kelgusida manzilli ijtimoiy dasturlar, infratuzilma loyihalari va iqtisodiy qarorlar shakllantiriladi.

Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni mazkur jarayonda befarq bo‘lmasdan, faol qatnashishga chorlaymiz. Har bir to‘ldirilgan anketa — bu kelajak uchun qo‘yilgan muhim qadamdir.

Ro‘yxatga olish jarayonining birinchi bosqichi 15-yanvardan 31-yanvarga qadar davom etadi. Siz ham vaqtni boy bermang — hoziroq cencus.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting.




