15/01/2026

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish — bu shunchaki statistik jarayon emas, balki mamlakat kelajagini rejalashtirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim siyosiy mexanizmdir. Har bir fuqaroning ushbu jarayondagi ishtiroki davlat va jamiyat o‘rtasidagi mas’uliyatli hamkorlikning yaqqol ifodasidir.

Uychi tumani hokimi Muzaffar Abdullayev  ushbu muhim jarayonda barchani faol ishtirok etishga chaqirgan holda, o‘zi ham cencus.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tdi.

Barcha yurtdoshlarimizni mazkur jarayonda befarq bo‘lmasdan, faol qatnashishga chorlaymiz. Har bir to‘ldirilgan anketa — bu kelajak uchun qo‘yilgan muhim qadamdir.

Ro‘yxatga olish jarayonining birinchi bosqichi 15-yanvardan 31-yanvarga qadar davom etadi.