16/01/2026

Namangan shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari hamda volontyorlar ishtirokida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri uyushqoqlik va tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayon orqali hududdagi demografik holat, aholi bandligi hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid muhim ma’lumotlar shakllantirilib, kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini rejalashtirishga xizmat qiladi.

Ro‘yxatga olish tadbirlarida fuqarolarning faol ishtiroki muhim bo‘lib, aholining ochiq va aniq ma’lumot taqdim etishi umumiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi.