16/01/2026

To‘raqo‘rg‘on tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda. Huddi shunday targ‘ibot ishlari tuman hokimining o‘rinbosari H. Mahmudova ishtirokida Yettikon MFY hududida joylashgan "Iftixor kiyim sanoat" MCHJ da ishlovchi xodimlar bilan o‘tkazildi.

Ularga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar orqali tushuncha va amaliy yordam berildi.

Targ‘ibot jarayonida ro‘yxatdan o‘tish nafaqat O‘zbekistonda yashovchi fuqarolar, balki, bugungi kunda chet davlatlarda bo‘lgan fuqarolar uchun ham mavjudligi, hoxlagan manzillarida yagona identifikatsiya tizimi orqali amalga oshirishlari mumkinligi tushuntirib o‘tildi.

Bu kabi targ‘ibot va amaliy tartibdagi ishlar barcha hududlarda yo‘lga qo‘yiladi.