Bugungi kunda davlat boshqaruvi tizimida aniq ma’lumotlarga tayangan holda qaror qabul qilish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni esa ijtimoiy-siyosiy rejalashtirish, hududlarni rivojlantirish hamda fuqarolar ehtiyojini chuqur tahlil qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Namangan Davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy ish yo‘nalishining kechki ta’lim shakli talabalari ko‘ngilli ravishda Namangan shahridagi mahallalarda ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Mazkur amaliyot ro‘yxatga olish ishlarining samaradorligini oshirish bilan birga, talabalar uchun fuqarolar bilan bevosita ishlash, ijtimoiy muloqot va mas’uliyatni his etish ko‘nikmalarini shakllantirmoqda. Shu orqali yosh mutaxassislarning amaliy tajribasi boyib, jamiyat bilan ishlashda muhim tayanch yaratilmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayonining birinchi bosqichi 15-yanvardan 31-yanvarga qadar davom etadi. Siz ham vaqtni boy bermang — hoziroq cencus.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting.




