23/01/2026

Uchqo‘rg‘on tumanining Fayziobod mahallasida aholi hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari belgilangan tartib va reja asosida izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida mahalla raislari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari va boshqa masʼullar tomonidan xonadonlar kesimida maʼlumotlar yig‘ilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarga ro‘yxatga olishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari keng tushuntirilmoqda.

Ro‘yxatga olish tadbirlari orqali:

— aholi soni,

— yashash sharoiti,

— mehnat faoliyati,

— dehqon xo‘jaliklarining holati

to‘g‘risida aniq va ishonchli maʼlumotlar shakllantiriladi. Bu maʼlumotlar kelgusida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilma va xizmatlar sifatini yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishda muhim asos bo‘ladi.

Shu munosabat bilan barcha fuqarolarni ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishga hamda masʼul xodimlar bilan hamkorlikda bo‘lishga chaqirib qolamiz.