24/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Statistika sinflari”ni tashkil etish hamda ularni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlash belgilangan. Mazkur qaror ijrosi doirasida Namangan viloyatidagi ayrim umumta’lim maktablarida “Statistika sinflari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Namangan shahar 1-sonli hamda Uchqo‘rg‘on tumani 32-sonli umumta’lim maktablari zamonaviy kompyuterlar, interaktiv panel, mebel jihozlari, stol-stullar bilan ta’minlandi.

Yaratilgan shart-sharoitlar dars jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish, o‘quvchilarning raqamli savodxonligi va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu orqali yoshlarning statistika va IT yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsad qilingan.