29/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, hozirgi kunda yurtimiz bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari onlayn shaklda amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida O‘zbekiston Respublikasi Asaka bank raisi Q. Tulyaganov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida bo‘lib, onlayn ro‘yxatga olish tadbirlarining borishi hamda viloyat shtabi tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida aholining onlayn ro‘yxatdan o‘tishi uchun yaratilgan sharoitlar, axborot-tushuntirish ishlari va texnik imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, jarayonlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.