Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 56,3 trillion so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 15,4 foizga yoki 12,2 trillion so‘mga oshgan.
Xizmat turlari bo‘yicha taqsimot quyidagicha:
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 1 trln 590,7 mlrd soʻm
moliyaviy xizmatlar –4 trln 384,4 mlrd soʻm
transport xizmatlari – 6 trln 637,7 mlrd soʻm
yashash va ovqatlanish xizmatlari – 23 trln 631,5 mlrd soʻm
savdo xizmatlari – 10 trln 615,5 mlrd soʻm
taʼlim sohasidagi xizmatlar – 2 trln 362,7 mlrd soʻm
koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – 736,9 mlrd soʻm
sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 900,9 mlrd soʻm
ijara xizmatlari – 442,3 mlrd soʻm
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash xizmatlari – 1 trln 125,8 mlrd soʻm
shaxsiy xizmatlar – 2 trln 124,2 mlrd soʻm
meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 261,6 mlrd soʻm
boshqalar – 1 trln 468,7 mlrd soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan.
Ushbu raqamlar viloyat iqtisodiyotida xizmatlar sohasining barqaror o‘sayotganini ko‘rsatmoqda.





