02/02/2026

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida respublika miqyosida sovrinli tanlov tasodifiy tanlash (random) usulida o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tanlovda Namangan viloyati Uychi tumani, Churtuk MFYda istiqomat qiluvchi Mamadjanov Obidxon Adxamjon o'g'li g‘olib sifatida tanlab olindi.

 G‘olibga zamonaviy planshet hamda Tashakkurnoma topshirildi.

 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish — bu oddiy, qulay va ayni paytda sovrin yutish imkoniyatini beruvchi jarayondir.
Savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan har bir fuqaro sovrinli tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

 Hurmatli fuqarolar!
Siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Onlayn ro‘yxatdan o‘ting va keyingi g‘oliblardan biri bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ling!