Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 42,0 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 4,4 foizga oshgan.
Tarmoqlar kesimida:
Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 38,3 trln so‘m;
O‘rmon xo‘jaligi – 3,2 trln so‘m;
Baliqchilik xo‘jaligi – 428,4 mlrd so‘m.
Ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘lgan hududlar:
🔸 Yangiqo‘rg‘on tumani – 6 trln 355,1 mlrd so‘m;
🔸 Pop tumani – 4 trln 149,9 mlrd so‘m;
🔸 Uchqo‘rg‘on tumani – 3 trln 812,3 mlrd so‘m;
🔸 To‘raqo‘rg‘on tumani – 3 trln 603,5 mlrd so‘m.





