03/02/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 1 milliard 775,5 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 394,0 million dollarga yoki 28,5 foizga ko‘paydi.

 Tashqi savdo tarkibi quyidagicha:

 Eksport hajmi – 722,6 mln dollar, bu 2024-yilga nisbatan 15,5 % ga ko‘p.

 Import hajmi – 1 052,8 mln dollar, bu esa 39,3 % ga o‘sishni ko‘rsatmoqda.

 Viloyat tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

 Rossiya – umumiy aylanmaning 30,1 % ini tashkil etdi

 Xitoy – 27,4 %

 Qozog‘iston – 5,5 %

 Turkiya – 4,9 %

 Hindiston – 7,3 %

 Umuman olganda, Namangan viloyati joriy yilning dastlabki besh oyida 81 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Bu viloyat tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayib borayotganidan dalolat beradi.