2026-yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga bag‘ishlangan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan viloyatidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha hududiy shtab a’zolari ham faol ishtirok etdilar.

Mazkur seminarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining 1-bosqichi yakunlari, shuningdek, 2-bosqichida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar hamda ushbu jarayonda “mahalla yettiligi” xodimlarining asosiy vazifalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, hududlarda mas’uliyatni oshirish va kelgusidagi ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.







