Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida 40,1 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
2024-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,1 % ni tashkil etdi, ya’ni sanoat hajmi 9,1 % ga o‘sdi.
2026-yil 1-yanvar holatiga viloyatda jami 4 300 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
2025-yilda 624 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12 million 680,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes subyektlarining ulushi 55,3 % ga teng bo‘ldi.





