03/02/2026

Mingbuloq tumani hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 4–28 fevral kunlari amalga oshiriladigan aholini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi doirasida bajariladigan vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mahalla vakillari — registrotorlar tomonidan xonadonlar bo‘yicha aholi haqidagi ma’lumotlarni planshetlar orqali tizimga kiritish tartibi, xizmat odobi va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida registratorlarga QR-kodli beydjiklar hamda maxsus xizmat sumkalari tarqatildi. Fuqarolar registrator shaxsi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish maqsadida beydjikdagi QR-koddan foydalanishi yoki 1851 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligi tushuntirildi.