Mamlakat bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarining navbatdagi — ikkinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Ushbu bosqich doirasida 4-fevraldan 28-fevralga qadar mahalla yettiligi vakillari tomonidan xonadonlar kesimida ma’lumotlar aniqlashtiriladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan yoki savolnomalarni to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirmagan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar maxsus planshetlar orqali elektron bazaga kiritiladi.

Namangan viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari joylarda faol ishtirok etib, ro‘yxatga olish jarayonining sifatli va belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, texnik muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan hamkorlik qilmoqda.





