Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida jami 1 million 533,3 ming kvadrat metr ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 % ga ko‘paygan.
Hududlar kesimida ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish hajmi (ming kv.metrda):
Kosonsoy tumani – 191,3
Uchqo‘rg‘on tumani – 153,3
Namangan shahri – 139,8
Chust tumani – 137,0
Chortoq tumani – 131,2
Yangiqo‘rg‘on tumani – 131,2
Uychi tumani – 122,3
To‘raqo‘rg‘on tumani – 115,3
Norin tumani – 105,1
Mingbuloq tumani – 105,1
Namangan tumani – 102,2
Pop tumani – 99,4
Viloyatda foydalanishga topshirilgan barcha turar joylarning 60,2 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. Bu esa, qishloq infratuzilmasi va uy-joy sharoitlari yaxshilanib borayotganini ko‘rsatadi.





