2025-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsulot hajmi 85,4 trln so‘mni tashkil etib, shundan 73,6 % i kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha;
ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi–22,2 trln so‘m;
bajarilgan qurilish ishlari hajmi–14,2 trln so‘m;
asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi–51,2 trln so‘m;
ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi-42,2 trln so‘m;
chakana savdo tovar aylanmasi hajmi–26,9 trln so‘m;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi–38,8 trln so‘m;
eksport–390,3 mln AQSH dollari;
import–753,7 mln AQSH dollari;
avtomobil transportida tashilgan yuklar–33,6 mln tonna;
avtomobil transportida tashilgan yo‘lovchilar soni–515,3 mln kishi.





