13/02/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatida 2025- yilning yanvar–dekabr oylarida aholining umumiy daromadlari hajmi 67,4 trillion so‘mni tashkil etdi.

 Bu ko‘rsatkich 2024- yilning shu davriga nisbatan 9,9 trillion so‘mga ko‘payib, o‘sish surʼati 117,1 % ga yetgan.

 Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad hajmi esa 21 million 304,6 ming so‘mni tashkil etib, 2024- yilning shu davriga 14,8 % ga o‘sgan.

 Shuningdek, aholining real umumiy daromadlari 62,0 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning shu davriga nisbatan 9,5 trillion so‘mga ko‘payib, 107,9 % ga yetan.

 Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromad hajmi esa 19 million 624,8 ming so‘mni tashkil etib, 2024- yilning shu davriga nisbatan 5,7 % ga o‘sgan.