18/02/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatiga jami 65 ta davlatdan 1 mlrd 52,8 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar importi amalga oshirildi.

 Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 39,3 %ga oshgan.

 Xorijiy davlatlardan import qilingan tovar va xizmatlar tarkibi (ulushi, %da):

🔹 Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 27,4 %

🔹 Sanoat mahsulotlari — 19,4 %

🔹 Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 29,8 %

🔹 Nooziq-ovqat xomashyo (yoqilg‘idan tashqari) — 6,3 %

🔹 Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan mahsulotlar — 6,6 %

🔹 Boshqa turdagi tovar va xizmatlar — 10,5 %