O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Statistika sinflari”ni tashkil etish hamda ularni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlash belgilangan. Mazkur qaror ijrosi doirasida Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi 32-sonli umumta’lim maktabida “Statistika sinfi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, viloyat statistika boshqarmasi tomonidan ushbu umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuterlar, interaktiv panel, mebel jihozlari hamda stol-stullar bilan ta’minlandi.

Yaratilgan shart-sharoitlar dars jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish, o‘quvchilarning raqamli savodxonligi va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu orqali yoshlarning statistika va IT yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsad qilingan.







.




