19/02/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklarda ro‘yxatga olingan otlarning umumiy bosh soni 7 745 tani tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 367 taga ko‘paygan.

Otlarning 83,4 foizi (6 457 bosh) dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida mavjud otlar bosh soni quyidagicha:
Namangan shahri – 146 ta

Mingbuloq tumani – 177 ta

Kosonsoy tumani – 325 ta

Namangan tumani – 313 ta

Norin tumani – 275 ta

Pop tumani – 762 ta

To‘raqo‘rg‘on tumani – 788 ta

Uychi tumani – 237 ta

Uchqo‘rg‘on tumani – 358 ta

Chortoq tumani – 579 ta

Chust tumani – 1 853 ta

Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 932 ta

 Eng ko‘p otlar soni Yangiqo‘rg‘on (1 932 ta) va Chust (1 853 ta) tumanlarida qayd etilgan bo‘lib, bu hududlarda otchilik faoliyati yaxshi rivojlanganini anglatadi.