19/02/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 3 trln 18,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 2025-yilda 90,6 million AQSH dollari miqdorida mahsulot xorijiy davlatlarga eksport qilindi.

 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida mahalliylashtirish dasturi asosida 86 ta loyiha amalga oshirilib, natijada 923 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

So‘nggi yillarda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi:

2025-yil – 3,0 trln so‘m
2024-yil – 3,0 trln so‘m
2023-yil – 2,1 trln so‘m
2022-yil – 1,5 trln so‘m
2021-yil – 0,7 trln so‘m