20/02/2026

 Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida 6 trillion 637,7 milliard so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatildi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 110,1 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.

 So‘nggi yillarda transport xizmatlari hajmining o‘zgarishi (yanvar–dekabr oylarida):

2025-yil – 6 trln 637,7 mlrd so‘m

2024-yil – 5 trln 58,0 mlrd so‘m

2023-yil – 3 trln 905,8 mlrd so‘m

2022-yil – 3 trln 69,5 mlrd so‘m

2021-yil – 2 trln 718,4 mlrd so‘m

Tahlil davrida transport xizmatlari ichida eng yuqori o‘sish avtotransport xizmatlari yo‘nalishida kuzatilib, bu sohada ko‘rsatkich 116,3 foizga yetdi.

Transport xizmatlari Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida muhim o‘rin tutib, ularning ulushi 2025-yilda 11,8 foizni tashkil etdi.